fbpx
Manzil

Toshkent, Chilonzor tumani, Diydor ko‘chasi, 71-uy. Mo‘ljal: Algoritm zavodi

Telefon

(99) 721-70-50 (90) 290-70-50

Ish vaqti

Dushanba - Yakshanba 09:00 - 18:00

Mahsulotlar

Asosiy

Chidamli gaz quvurlari

Gaz quvurlari metall quvurlarga nisbatan chidamli, zanglamas va yengilligi tufayli ularni tashish va oʻrnatish sezilarli darajada qulay.

Polietilendan tayyorlangan gaz quvurlari ekologik toza va xavfsiz. Poʻlat quvurlardan farqli oʻlaroq, zanglamaydi va ancha uzoq muddat xizmat qiladi. “Active Polimer” kompaniyasi gaz quvurlariga 50 yilgacha kafolat beradi.

Gaz quvurlari hamda suv quvurlarini ishlab chiqarishda kompaniyamiz PE-80 va PE-100 homashyolaridan foydalanadi.

PE-100 polietileni yuqori zichlik va past bosimga chidamliligi, hamda oʻta mustahkamligi bilan ajralib turadi. U ishlab chiqarish va ishlatish standartlariga mos ravishda foydalanilganida 50 yil xizmat qiladi.

PE-80 bu boshlang’ich uglevodorodni past bosim,hamda yuqori haroratda polimerlash orqali olinadigan yuqori zichlikdagi polietilen homashyosidir. PE-80 homashyosi elastik va moslashuvchan tarkibga ega bo’lib, PE-100 homashyosiga nisbatan pastroq haroratlarda eriydi. Bu esa payvandlash va montaj ishlarini birmuncha osonlashtiradi.

Savollaringiz bormi?
Hoziroq murojaat qiling